20/09/18

“MATBUOT TARQATUVCHI” Aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlari diqqatiga X A B A R N O M A

     Sizni, Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko'chasi, 2-uyda joylashgan "Matbuot tarqatuvchi" Aksiyadorlik kompaniyasi binosida 2019 yil «8» iyul kuni  soat 15.00 da bo'lib o'tadigan "Matbuot tarqatuvchi" AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig’ilishiga taklif etamiz.

                                         Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Umumiy yig'ilish reglamentini belgilash.

2. Kompaniya Kuzatuv Kengashining 2018 yil faoliyati hisoboti.

3. Kompaniya Bosh direktorining 2018 yil yakuni hisoboti.

4. Kompaniyaning 2018 yil hisobotini, buxgalteriya balansi, foyda va zarar hisob varag'ini tasdiqlash.

5. 2018 yil yakuni bo'yicha Taftish komissiyasi hulosasi va audit hulosasini eshitish.

6. 2018 yil faoliyat yakunlari bo'yicha sof foydani taqsimlash.

7. Kompaniya Kuzatuv Kengashi a'zolarini saylash.

8. Kompaniya taftish komissiyasi a'zolarini saylash.

9. Kompaniya bosh direktorini saylash.

10. 2019 yilda auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash va xizmatiga to'lanadigan pul miqdori chegarasini belgilash.

11. Kompaniyaning 2019 yil Biznes rejasini tasdiqlash.

12. Kompaniya Ustaviga o'zgartirishlarni tasdiqlash.

13. Kompaniya affillangan shaxslari bilan kelgusida Kompaniya tomonidan kundalik xo'jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik ymumiy yig'ilishigacha bo'lgan davrda tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.

14. "Matbuot tarqatuvchi" aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini rivojlantirishga o'zining samarali hissasini qo'shgan Kompaniya Bosh direktorni, direktorlarini, bosh buxgalterini, xodimlarini, Kuzatuv kengashi a'zolarini hamda Taftish komissiyasi a'zolarini mukofotlash to'g'risida Nizom yangi taxririni tasdiqlash.


         Umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar ro'yxati 2019 yil 4 iyul kuni holatiga shakllantirilgan aksiyadorlar reestri asosida tuziladi. Aksiyadorlarni ro’yxatga olish 2019 yil 8 iyul kuni Kompaniya binosining 1-qavatida soat 14:30 dan amalga oshiriladi.

         Aksiyadorlar belgilangan hisobot va ma'lumotlar bilan Toshkent shahri, Amir Temur 1-tor ko'chasi, 2-uy Kompaniya binosining 3-qavati 2-xonasida tanishishlari mumkin.

         Aksiyadorlar o'zlari bilan  shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda ularning vakillaridan o'rnatilgan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

 

Kompaniya Kuzatuv Kengashi