“Matbuot tarqatuvchi” Aksiyadorlik Kompaniyasida kuzatuv kengashi majlisi bo’lib o’tdi

21.09.2019

  “Matbuot tarqatuvchi” Aksiyadorlik Kompaniyasida kuzatuv kengashi majlisi bo’lib, majlisni kuzatuv kengashi raisi B.Latipov ochiq deb e’lon qilib, kun tartibidagi masalalar muhokamasiga o’tdi.

  Kun tartibidagi masalalar bo’yicha qator qarorlar qabul qilindi va majlis so’ngida “Matbuot tarqatuvchi” Aksiyadorlik Kompaniyasida yangilangan rivojlanish strategiyasini belgilash bo’yicha takliflar va Kompaniya Bosh direktori v.v.b D.Safarovga qator topshiriqlar berildi.

Kompaniya kiosk sotuvchilari bilan yig’ilish o’tkazildi

16.09.2019

  2019 yilning 16 sentyabr kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv apparati hamda kiosk sotuvchilari bilan kompaniyaning majlislar zalida yig’ilish o’tkazildi.
   Yig’ilishda bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Shu jumladan, «Matbuot» kiosklarida sotiladigan vaqtli matbuot nashrlari assortimenti, kiosklarni bezash va nashrlarga monitoring o'tkazish, savdo qilish jarayonida amaldagi qonunchilikka rioya qilish masalalariga to’xtalib o’tildi.
   Shuningdek, chakana savdo tizimini yanada rivojlantirish, kiosklarda qo'shimcha xizmat turlarini joriy etish, konselyariya mahsulotlari bilan ta'minlash va ularni barqaror ishlashiga erishish masalalari ko’rib chiqildi.

"Matbuot tarqatuvchi" Aksiyadorlik Kompaniyasi 20 Yoshda!!!

13.09.2019

 Bugun "Matbuot tarqatuvchi" Aksiyadorlik Kompaniyasining tashkil topganining 20 yil to'lgani munosabati bilan, Kompaniya xodimlari va aksiyadorlarini chin qalbdan tabriklaymiz!!!

 “Matbuot tarqatuvchi” Aksiyadorlik Kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-sentabrdagi “Vaqtli matbuotni tarqatish korxonalarini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 418-sonli qaroriga asosan “Matbuot tarqatuvchi” va “Matbuot tarqatish markazi” yopiq aksiyadorlik jamiyatlari negizida tashkil etildi.