“Matbuot tarqatuvchi” AK xodimlarining umumxalq xayriya hasharida ishtiroki

20.08.2016

   2016 yilning 20 avgust kuni kompaniya xodimlari O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi bayrami munosabati bilan o’tkazilgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdilar.
   Hasharda ishtirok etgan xodimlar kompaniya ma’muriy binosi va uning atrofini obodonlashtirish ishlarini olib bordilar, shu bilan birga shahar ko’chalarini go’zallashtirish, mevali va manzarali daraxtlar o’tqazishda ham ishtirok etdilar.

Erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan seminar o’tkazildi

11.08.2016

     Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 25 yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim” shiori ostida ko‘plab seminarlar, tadbirlar o‘tkazilmoqda.
    Ana shunday seminarlardan biri joriy yilning 10 avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida “Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi faoliyatini takomillashtirish, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi vazifalar” mavzusida o‘tkazildi.
    Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan mazkur tadbirda “Matbuot tarqatuvchi” AK xodimlari ishtirok etishdi hamda mavzuga oid ma’ruzalar, ko‘rgazmalar, maxsus jihozlangan texnikalari bilan tanishib, fuqaro muhofazasi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni oshirishdi.

Kompaniya kiosk sotuvchilari bilan yig’ilish o’tkazildi

01.08.2016

   2016 yilning 1 avgust kuni “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv apparati hamda kiosk sotuvchilari bilan kompaniyaning majlislar zalida yig’ilish o’tkazildi.
   Yig’ilishni kompaniya Istiqbolli rivojlantirish va investitsiyalar bo'yicha direktori M.G.Aripov ochib berdi. Yig’ilishda bir nechta masalalar ko'rib chiqildi. Shu jumladan, «Matbuot» kiosklarida sotiladigan vaqtli matbuot nashrlari assortimenti, kiosklarni bezash va nashrlarga monitoring o'tkazish, savdo qilish jarayonida amaldagi qonunchilikka rioya qilish masalalariga to’xtalib o’tildi.
   Yig’ilishda so’zga chiqqanlar qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.